+998 71203 00 00

Ru / Uz

Ishlab chiqarish

Xendek/Sokarya havo shamollarish stantsiyalarini ishlab chiqarish zavodi

Zavodning zamonaviy uskunalarida markazlashtirilgan shamollatish tizimlari ishlab chiqariladi, ularni asosan mehmonxonalar, kasalxonalar va savdo markazlar afzal ko’radi

Stantsiyalar basseynadan suvni tortib oladigan stantsiyalar, oshhona tutun tortgichlari, ventilyatsiya tortish qurilmalari bilan ta’minlanadi.

Ishlab chiqarishda muhandislik, konstruktorlik va ilmiy tadqiqot  ishlariga alohida e’tibor beriladi, shu sabab tayyot mahsulot yuqori sifat standartiga javob beradi.

 

Xendek/Sokarya panel radiatorlarini ishlab chiqarish zavodi

Yangi investitsiyalar tufayli Daylux zavodi panel radiatorlarini kataforez bo’yash tizimi va mexanikaning yuqori texnonologiyasi bo’yicha yangi bosqichga olib chiqdi.

Bugungi kunda zavod ishlab chiqarish quvvati – yiliga 1 600 000 pogon metr panel radiatorlarini tashkil qiladi.

Mahsulotlar avtomatlashtirilgan payvandlash liniyalarida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari germetiklik va bosimga chidamliligi sinovi amalga oshiriladi.

 

Qozonlarni ishlab chiqarish

Daikin korporatsiyasi – isitish, shamollatish va ventilyatsiya tizimlarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyo bozorlarida yetakchilik qiladi.

Atrof-muhit haqida qayg’urish, mahsulotning yuqori sifati va boy limit tadqiqot bazasi – kompaniyaning asosiy siyosati hisoblanadi.

2011 yilda Turkiyaning Airfel zavodi Daikinning mulkiga aylandi va shamollatish tizimlarini ishlab chiqarishni boshladi.

Bugungi kunda bu 95000 мmaydonga  ega  zavod bo’lib, u yerda 500 yuqori malakali mutaxassislar yiliga 300 000 qozon ishlab chiqaradi.

Airfel mahsulotining qismlari tayyor mahsulotni uzoq muddat xizmat qilishini, 100% germetikligi va bosimga chidamliligini ta’minlab beradi.  

Qozonlar, suv isitgichlar, konditsionerlar, panel radiatorlari va uy uchun  boshqa uskunalar yetakchi Yevropa laboratoriyalari tomonidan sertifikatlangan.